Yaqinda Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi hamda saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga ruxsat berildi.
– Ma’lumki, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi saylovning aralash, ya’ni majoritar va proporsional tizimi asosida o‘tkaziladi, – deydi hududiy saylov komissiyasi a’zosi Baxtiyor Ismoilov.
– Bu yil parlamentning qo‘yi palatasiga saylanadigan bir yuz ellik deputatning yetmish besh nafari bir mandatlik saylov okruglari bo‘yicha saylovchilarning bevosita aniq bir nomzodlarga bergan ovozlariga muvofiq saylanadi. Qolgan, yetmish besh nafari esa, yagona saylov okrugi bo‘yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarga mutanosib ravishda siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati asosida saylanadi.
Xorazm viloyati HSK
Matbuot xizmati