Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini yuqori saviyada o‘tkazishga puxta hozirlik ko‘rilmoqda

09.10.2024

102

msk_yangiliklari_in

Mamlakatimizda joriy yilning 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini yuqori saviyada o‘tkazishga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.

 

– Markaziy saylov komissiyasining tegishli qaroriga binoan tuzilgan 21 nafar a’zodan iborat Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasi 11-avgustdan boshlab kalendar rejasiga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda, – deydi viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Zafar Karimov.

 

– Saylovni milliy qonunchiligimiz doirasida ochiq, oshkora tashkil etish uchun viloyat hududiy saylov komissiyasining birinchi tashkiliy majlisida komissiya ish rejasi, ish tartibi, vazifalar taqsimoti, nomenklatura, komissiya a’zolarini hududlarga biriktirish va navbatchilik bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

 

 

Xorazm viloyati HSK

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur