27 oktyabr kuni o‘tkaziladigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini kuzatish maqsadida yurtimizga kelgan xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijlik mehmonlar Xorazmda saylovga hozirlik jarayonlari bilan tanishmoqda.
Bugun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining uzoq muddatli xalqaro kuzatuvchilari Voldemar Uruba(Chexiya) va Kristina Bogdanova(Rosiiya) Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasida bo‘ldi.
Hududiy saylov komissiyasi raisi Zafar Karimov kuzatuvchilarga hududiy, tuman(shahar) hamda okrug saylov komissiyalarida yaratilgan sharoitlar haqida gapirib, viloyatdagi saylov uchastkalari faoliyati xususida batafsil ma’lumot berdi.
Xorazm viloyati HSK
matbuot xizmati