Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti(YEXHT)ning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi(DIIHB) missiyasi rahbari DUGLAS UEYK :

21.10.2024

199

msk_yangiliklari_in

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti(YEXHT)ning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi(DIIHB) missiyasi rahbari DUGLAS UEYK :

 

Men Xorazm viloyatida bo‘lib, bugun hududiy saylov komissiyasi a’zolari bilan juda foydali uchrashuv o‘tkazganimdan juda xursandman.

 

Maqsadimiz mamlakatingizdagi saylov jarayonlarini xalqaro normalar va O‘zbekiston tomonidan qabul qilingan standartlar nuqtayi nazaridan o‘rganish va kuzatishdir.

 

Biz bu yerga O‘zbekiston hukumatining taklifi bilan keldik va maqsadimiz holis baho berishdir.

 

Biz saylov jarayoniga aralashmaymiz. Lekin, yakuniy hisobotda O‘zbekistonga keyingi saylovlarni yanada yuqori saviyada o‘tkazish uchun o‘zimizning tavsiyalarimiz bilan yordam beramiz. O‘zbekistonning barcha viloyatlarida uzoq muddatli kuzatuvchilarimiz o‘z faoliyatini olib bormoqda.

 

Saylov kuni esa 230 nafarga yaqin qisqa muddatli kuzatuvchilar mamlakatdagi saylov jarayonlarini kuzatib boradi.

 

Xorazm viloyati HSK

 

Matbuot xizmati.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur