Айрим бўшаб қолган депутатлик ўринлари учун 2026 йил 16 август, якшанба куни сайлов бўлиб ўтади

12.08.2026

7

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 8-iyuldagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1468-sonli qaroriga asosan Xorazm viloyati bo‘yicha quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okruglarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun 2026-yil 16-avgust, yakshanba kuni saylov bo‘lib o‘tadi.

 

T/r

Mahalliy Kengash nomi

Saylov okrugi nomi

Saylov uchastka raqami

Saylov uchastkasi
manzili

Saylov uchastka dislokatsiyasi

Xorazm viloyati

1.          

Xalq deputatlari Hazorasp tumani Kengashi

5-Beruniy saylov okrugi

303-uchastka

Karvak mahallasi
(Hazorasp tumani
Ravshan ko‘chasi 73-uy)

Karvak mahallasi Ravshan ko‘chasi 73-uy, 32-sonli maktab binosi.

Saylov uchastkasi chegaralari: “Karvak” mahallasining Lochin, Beruniy, Shodlik, Navbaxor ko‘chasidagi xonodonlar bilan chegaralanadi.

304-uchastka

Karvak mahallasi

(Hazorasp tumani

Mustaqillik ko‘chasi 9-uy)

Karvak mahallasi Mustaqillik ko‘chasi 9-uy, 51-son maktab binosi.

Saylov uchastkasi chegaralari: Karvak” mahallasining A’lo, Oq yop, Ipak, Oltin voha, Mustaqillik, Istiqlol ko‘chasidagi xonodonlar bilan chegaralanadi.

2.          

Xalq deputatlari Yangibozor tumani Kengashi

3-Ogahiy saylov okrugi

527-uchastka

Paxlavon Mahmud mahallasi
(Ziyo maskani 5-uy)

Paxlavon Mahmud mahallasi Ziyo maskani 5-uy, 6-son maktab binosi.

Saylov uchastkasi chegaralari: Paxlavon Maxmud mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Ziyolilar, Ziyo maskani, Jannatmakon, Fidokorlar, Olmazor, Oltin ko‘llar, Vodiy, Sag‘lom Avlod, Xalqlar Do‘stligi, Xayvat Soxillari, Musaffo, Oltin Zamin, Temur Malik, Xumo, Mirishkor, Tog‘ay Obod ko‘chalari xamda Mang‘itlar mahallasining Baxshilar va Xamdo‘stlik ko‘chalarida joylashgan barcha turar joylar kiradi.

 

Eslatma!

 

2026-yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha Hududiy saylov komissiyasining xorazm.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.

 

1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;

 

2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;

 

3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi.

 

Изоҳ қолдириш учун :One-ID тизимидан рўйхатдан ўтишингиз зарур