Bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlarga tayyorgarlik holati o‘rganildi

13.08.2026

300

msk_yangiliklari_in

Xorazm viloyati Hududiy saylov komissiyasi a’zolari tomonidan Xalq deputatlari Yangibozor tumani Kengashining 3-Ogahiy hamda Hazorasp tumani Kengashining 5-Beruniy saylov okruglarida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga 2026-yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

 

O‘rganish davomida saylov uchastkalarining saylov jarayonini o‘tkazishga tayyorligi, uchastka saylov komissiyalari faoliyati, saylovchilar ro‘yxatlarining holati, saylov jarayoni uchun zarur jihoz va vositalarning mavjudligi hamda saylovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, uchastka saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi talablari bo‘yicha tayyorgarligi, ovoz berish jarayonini belgilangan tartibda tashkil etish, saylovchilarga zarur axborotlarni yetkazish, saylov jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

O‘rganish natijasiga ko‘ra, Xalq deputatlari Yangibozor va Hazorasp tumanlari Kengashlarida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlarni yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish uchun saylov uchastkalari to‘liq tayyor holatga keltirilgani qayd etildi.

 

Shu bilan birga, saylov kuni jarayonlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish, saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada nazorat qilish hamda saylov qonunchiligi talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

 

Bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlarni ochiq, shaffof va yuqori tashkiliy darajada o‘tkazishga qaratilgan tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur