Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025 yil 6 maydagi “Ayrim boʻshab qolgan oʻrinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash toʻgʻrisida”gi 1438-sonli qaroriga asosan Xorazm viloyatining quyidagi jadvalda koʻrsatilgan saylov okruglarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlari uchun 2025 yil 15 iyun, yakshanba kuni yangi saylov boʻlib oʻtadi.
T/r |
Mahalliy Kengash nomi |
Saylov okrugi nomi |
Saylov uchastkasi tartib raqami |
Saylov uchastkasi |
Saylov uchastkasi chegaralari |
1. |
Xalq deputatlari Hazorasp tumani Kengashi |
5-Beriniy saylov okrug |
303-uchastka |
Karvak mahallasi, Ravshan koʻchasi 73-uy, 32-sonli maktab binosi |
Karvak mahalla fuqarolar yigʻinining Lochin, Beruniy, Shodlik, Navbaxor koʻchalari hududlari chegaralarida |
2. |
304-uchastka |
Karvak mahallasi, Mustaqillik koʻchasi 9-uy, 51-sonli maktab binosi |
Karvak mahalla fuqarolar yigʻinining Aʼlo, Oq yop, Ipak, Oltin voha, Mustaqillik, Istiqlol ko koʻchalari hududlari chegaralarida |
||
3. |
Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashi |
20-Chedik saylov okrug |
423-uchastka |
Mustaqillik mahallasi, Navroʻz koʻchasi 80-uy, 49-son ixtisoslashtirilgan maktab internati binosi |
«Mustaqillik» mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi «Nurobod» va «Madaniy yer» aholi punkti, «Jamiyat» aholi punktining Yangilanish, Chortoq, Choʻlpon «Polvon» koʻchalari hududlari chegaralarida |
4. |
424-uchastka |
Mustaqillik mahallasi, Navroʻz koʻchasi 22-uy, 9-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosi |
«Mustaqillik» mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi «Oydin» va «Jamiyat» aholi punktining Ahillik, Osiyo, Zarafshon, Dilrabo, Mahorat koʻchalari hududlari chegaralarida |
2025 yil 15 iyun kuni boʻlib oʻtadigan saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlar boʻyicha hududiy saylov komissiyasining xorazm.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.
Eslatma!
1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;
2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;
3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha oʻtkaziladi;