Xorazmda 407 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi

17.10.2024

151

msk_yangiliklari_in

Viloyat bo‘yicha tuzilgan 553 ta saylov uchastkalariga muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish uchun saylovchilar umumiy sonining 10 foizi miqdorida saylov byulletenlari yetkazildi.

 

Ma’lumki, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga egadir. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 16-oktyabrdan respublika bo‘ylab saylov uchastkalarida soat 9:00 dan muddatidan oldin ovoz berish uchun ochildi.

 

Saylovchi saylov kuni o‘z hududida bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalanadi. Xorazm viloyatida 2024-yil 17 oktyabr soat 15:00 holatiga joylardagi saylov uchastkasida jami 407 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi.

 

Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasi

Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur