O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining tegishli moddalariga asosan Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra, joriy yil 15 iyun kuni Xorazm viloyatining Xonqa va Hazorasp tumanlarida ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini o‘tkaziladi.
Saylovlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchastka saylov komissiyalari a’zolari bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasi, viloyat hokimligi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi hamda tuman hokimliklari bilan hamkorlikda ikkita tumanda ham amaliy o‘quv seminarlari tashkil etildi.
Seminarda so‘zga chiqqan hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B.Masharipov Tuman saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etishga oid umumiy qoidalar. Uchastka saylov komissiyalar uchun zarur sharoit yaratish maqsadida amalga oshiriladigan vazifalarga to‘xtaldi.
Shuningdek, o‘quv - seminarlari davomida uchastka saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etishga oid umumiy qoidalar, ovoz berish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish, ovoz berish xonalarini jihozlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil qilish, uchastka saylov komissiyalarini saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi (SJBAT) orqali saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati (SYaER)dan foydalanish, ovoz berish natijalarini aniqlashga oid masalalarga oid ma’ruzalar tinglandi.
Nazariy olingan bilimlar, amaliy mashg‘ulotlar davomida yanada mustahkamlandi.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati