Hazorasp va Yangibozor tumanlarida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar o‘tkazildi

24.08.2026

48

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 8-iyuldagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1468-son qaroriga asosan Xorazm viloyatining Xalq deputatlari Hazorasp va Yangibozor tumanlari Kengashlaridagi bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar o‘tkazildi.

 

Saylovlarni amaldagi qonunchilik talablari asosida, ochiqlik, oshkoralik, qonuniylik va demokratik tamoyillar asosida tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha tegishli tashkiliy ishlar amalga oshirildi.

 

Saylov kuni saylovchilar o‘z konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanib, munosib nomzodlar uchun ovoz berdi.

 

Saylov yakunlariga ko‘ra, Xalq deputatlari Hazorasp va Yangibozor tumanlari Kengashlaridagi bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga yangi deputatlar saylandi.

 

Yangi saylangan deputatlar mahalliy Kengashlar faoliyatida fuqarolarning manfaatlarini ifoda etish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid masalalarni hal etishda faol ishtirok etish hamda saylovchilar oldidagi vakillik vazifalarini samarali amalga oshirishga mas’ul bo‘ladi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur