YEXHTning DIIHB missiyasi rahbari Duglas Ueyk Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasida bo‘lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
Mexmonlarga HSK raisi o‘rinbosari B.Masharipov viloyatda saylovga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar, 553 ta saylov uchastkasi tuzilib, komissiyalar tarkibi tasdiqlangani va ayni damda ularning barchasi saylov o‘tkazish uchun tayyor bo‘lib, muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari davom etayotgani haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, missiya rahbari hududiy, okrug, tuman-shahar va uchastka saylov komissiyalarining vazifalari, USKlarda jamoat xafsizligini saqlash masalasi hamda HSK huzuridagi matbuot markazi faoliyati bilan ham qiziqdi. Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda, savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Xalqaro kuzatuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi.
Xorazm viloyati HSK
Matbuot markazi