Xorazm viloyatidan 1 million 460 mingdan ortiq saylovchi ovoz berishi kutilmoqda

09.10.2024

104

msk_yangiliklari_in

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu yilgi saylovlarda Xorazm viloyatidan 1 million 460 mingdan ortiq saylovchi ovoz berishi kutilmoqda. Ularning o‘zlari tanlagan nomzodni yoqlab ovoz berishi va saylovni yuqori darajada o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratiladi. Buning barobarida fuqarolarning murojaatlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

– O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga ega, – deydi hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bekzod Masharipov.

 

– Saylov kodeksiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladi. Barcha saylov uchastkalarida fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, ijtimoiy mavqeyi, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’iy nazar, teng saylov huquqidan foydalanishi ta’minlanadi.

 

Xorazm viloyati HSK

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur