Shovot tumanida amaliy o‘quv seminarlari tashkil etildi

08.10.2025

24

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining tegishli moddalariga asosan, Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra, joriy yilning 6 oktabr kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga bo‘shagan deputatlik o‘ringa saylov o‘tkazilishi belgilandi.

 

Saylovlarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida, uchastka saylov komissiyalari a’zolarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash uchun Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasi, viloyat hokimligi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi bilan hamkorlikda amaliy o‘quv seminarlari tashkil etildi.

 

Seminarda so‘zga chiqqan Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B. Masharipov, tuman saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha saylov qonunchiligida belgilangan asosiy qoidalar, shuningdek, uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini tashkil etishda muhim o‘rin tutadigan vazifalar va zarur sharoitlarni yaratish haqida so‘zlab berdi.

Seminarlarda, shuningdek, uchastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish, ovoz berish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish, ovoz berish xonalarini to‘liq jihozlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil qilish, saylov jarayonini boshqarish bo‘yicha axborot tizimidan (SJBAT) foydalanish kabi muhim masalalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Bu jarayonda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati (SYaER)dan foydalanish, ovoz berish natijalarini aniqlash va shu kabi dolzarb masalalar to‘g‘risida batafsil ma'ruzalar taqdim etildi.

 

Seminarning nazariy qismida taqdim etilgan bilimlar amaliy mashg‘ulotlar davomida yanada mustahkamlashga erishildi. Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha to‘liq javoblar olishdi.

 

Xorazm viloyati hududiy
saylov komissiyasi Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur