Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga tegishli mandat berildi va matbuot markazi ham tashkil etildi

09.10.2024

116

msk_yangiliklari_in

Rejaga asosan tuman, shahar saylov komissiyalari a’zoligiga Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari majlislarida muhokama qilinib, “E-SAYLOV” tizimi orqali hududiy saylov komissiyasiga tavsiya etilgan turli soha vakillaridan iborat 241 nafar nomzodlar tasdiqlandi. Shuningdek, Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 40 ta okrug saylov komissiyalari a’zoligiga 376 nafar, 553 ta uchastka saylov komissiyalariga 5 ming 653 nafar a’zolarni tasdiqlash to‘g‘risida ham qaror qabul qilindi.

 

– Saylov kodeksida saylovlarni ochiq, shaffof tashkil etishning demokratik tamoyillarga asoslangan tartibi belgilab berilgan, – deydi hududiy saylov komissiyasi mas’ul kotibi Shohimardon Matyusupov 

 

Saylov komissiyalariga turli sohalarda mehnat qilayotgan, el obro‘sini qozongan fuqarolar jalb etilgan. Albatta, ularni milliy saylov qonunchiligi, saylovga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish tartiblari va saylov jarayonlarini boshqarishning avtomatlashgan tizimi bilan tanishtirish uchun 80 nafar malakali hududiy trener tomonidan tuman, shahar saylov komissiyalari va okrug saylov komissiyalarining raisi, o‘rinbosari, kotiblari va a’zolari  uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

 

Xorazm viloyati HSK matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur