Xorazm viloyat hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

29.10.2025

5

msk_yangiliklari_in

2025 yil 28-oktabrda Xorazm viloyat hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Yig‘ilishda 2025-yil 15-iyun va 19-oktabr kunlari oʻtkazilgan Xorazm viloyatida ayrim boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlik saylovlari haqida hududiy saylov komissiyasi rais oʻrinbosari B.Masharipov axboroti eshitildi.

 

Joriy  yil davomida Hazorasp, Xonqa va Shovot tumanlarida tuman(shahar)lar Kengashlarida boʻshab qolgan 3 ta deputatlik oʻrinlariga saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan amaliy tadbirlar olib borildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 6-maydagi 1438-sonli qaroriga muvofiq 15-iyun kuni Xalq deputatlari Hazorasp tumani Kengashi 5-Beruniy va Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashida 20-Chedik saylov okruglarida boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlik saylovlari oʻtkazildi.

 

Tuman saylov komissiyalari saylovlarni tasdiqlangan kalendar rejalarida oʻtkazishdi.

 

Kalendar rejalarda belgilangan tadbirlar oʻz muddatlarida bajarilib, qonun buzilishi holatlari kuzatilmadi.

 

Saylov jarayonini tashkil qilishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanildi. Saylov jarayoni ishtirokchilari saylov komissiyalariga hujjatlarni taqdim etish “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirildi va saylov komissiyalarining qarorlar, shuningdek saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa jarayonlarni elektron shaklda amalga oshirildi.

 

Shuningdek, saylovchilarning yagona elektron roʻyxatlari SJBAT (saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi) dan olindi.

 

Saylovlarda 5 ta siyosiy partiyadan koʻrsatilgan nomzodlar teng sharoit va imkoniyatlarda sogʻlom raqobat olib bordilar.

 

Xalq deputatlari Hazorasp tumani Kengashining 5-Beruniy saylov okrugi saylov natijalari boʻyicha tuman saylov komissiyasining 2025-yil 16-iyunda 18-sonli qarori qabul qilinib, Abdullayev Maksudbek Xojiyevich deputat sifatida roʻyxatga olindi.

 

Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashining 20-Chedik saylov okrugi saylov natijalari boʻyicha tuman saylov komissiyasining 2025-yil 16-iyunda 16-sonli qarori qabul qilinib, Davlatov Ulugʻbek Jumaniyozovich deputat sifatida roʻyxatga olindi.

 

Shuningdek, joriy yilning 19-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 11-sentabrdagi 1446-son qaroriga muvofiq Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashida boʻshab qolgan 25-Kangli saylov okrugida deputatlik saylovi oʻtkazildi.

 

Saylov yakuniga koʻra Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Davlatov Muradbek Saparboyevich deputat etib saylandi.

 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni taʼkidlash joizki, Hududiy saylov komissiyasi saylov jarayonlarini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, komissiya aʼzolari malakasini oshirish hamda qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash boʻyicha muhim ishlarni amalga oshirdi. Qoʻshimcha saylovlar belgilangan muddatlarda shaffof va qonun doirasida oʻtkazildi.

 

Kelgusida ham ushbu yoʻnalishlar izchil davom ettirilib, deputatlarning sifat tarkibini monitoring qilish, komissiya aʼzolari uchun muntazam oʻquv-seminarlar tashkil etish, ochiqlik va shaffoflikni oshirish, jamoatchilik bilan samarali muloqotni kuchaytirish, shuningdek, boʻsh oʻrinlar boʻyicha saylovlarni oʻz vaqtida va qonun talablariga muvofiq tashkil etish ustuvor vazifalar sifatida belgilanadi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur