Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasining 2026-yilga mo'ljallangan ustuvor vazifalari belgilandi

15.01.2026

57

msk_yangiliklari_in

Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazilib, unda "Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasining 2026-yilga mo'ljallangan ish rejasi to'g'risida"gi qaror tasdiqlandi.

 

2026-yilda ustuvor vazifalar hududiy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish va saylov jarayonini yanada samarali, ochiq va demokratik qilishga qaratilgan. Bu yildagi ishlarimiz fuqarolarning, ayniqsa yoshlar, elektoral madaniyatini rivojlantirish, komissiya a’zolarining bilim va malakasini yuksaltirish hamda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishni ta’minlashdan iborat.

 

2026-yilda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish orqali hududiy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish, saylov samaradorligini oshirish va fuqarolarning faolligini yuksaltirishga erishiladi. Bu esa saylov jarayonlarini demokratik, ochiq va ishonchli qilish hamda aholining saylovlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur